
APL. Lempard boshchiligidagi "Everton" yirik hisobda g‘alaba qozondi va boshqa natijalar
APL 25-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi.
O‘z maydonida "Lids"ni qabul qilgan "Everton" 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Mersisaydliklar safida Koulman, Kin va Gordon o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, "Brayton" bu turda "Uotoford"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Mope va Uebster mualliflik qildi.
"Brentford" - "Kristal Pelas" o‘yinida jamoalar nursiz durangga imzo chekdi.
Fikrlar