
APL. Kazemiro qizil kartochka olgan uchrashuvda MYu qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
APL 22-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 7-daqiqada Fernandesh penaltidan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Reshford oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 76-daqiqada Shlup hisobni qisqartirdi.
Qayd etish lozim, "qizil iblislar" yarim himoyachisi Kazemiro 70-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Ochkolari sonini 42 taga etkazib olgan mankunialiklar APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 24 ochkosi bor "Kristal Pelas" 12-pog‘onani band etgan.
Fikrlar