
APL. "Chelsi"dan navbatdagi mag‘lubiyat!
APLning 18-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton" - "Chelsi" uchrashuvi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Lemina 51-daqiqada Sarabiyaning uzatmasidan so‘ng hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozalar bir maratadan ishg‘ol qilindi.
Shu tariqa, "aristokratlar" turnir jadvalida 22 ochko bilan 10-o‘rin, "bo‘rilar" esa 11-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar