
APL. "Chelsi" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
APL 17-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Everton" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, 70-daqiqada Maunt hisobni ochdi. Brantveyt biroz o‘tib muvozanatni tikladi va o‘yinda boshqa gol urilmadi.
Ushbu natijadan so‘ng "aristokratlar" hisobidagi ochkolar soni 37 taga etdi. Ayni damda ular APL turnir jadvalida 3-o‘rinni band etgan. "Irischilar" esa 19 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar