
APL. "Arsenal" yirik g‘alabani tantana qildi
APL 7-turidan o‘rin olgan "Bornmut" - "Arsenal" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
"Kanonirlar" safida Saka, Edegor, Xaverts hamda Uayt o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Arteta shogirdlari ochkolari sonini 17 taga etkazib olib, APL turnir jadvalida vaqtincha 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar