
APL. "Arsenal" mavsumni g‘alaba bilan boshladi
APL 1-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Nottingem Forest" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maylon egalari 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Nketiya 26-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Saka 32-daqiqada oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Uchrashuv yakuniga yaqin, aniqrog‘i 82-daqiqada Avoniyi farqni qisqartirdi va ushbu hisob bellashuv so‘nggiga qadar o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa, "kanonirlar" mavsumni g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar