Anri "Barselona" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

  • 30 dekabr, 2019, 23:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Monreal Impekt" klubi bosh murabbiyi Terri Anri yana "Barselona"ga qaytishi mumkin. Faqat bu safar bosh murabbiy sifatida.

Tecno

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik mutaxassis kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal bilan munosabatlari juda yaqin. Bundan tashqari u Lionel Messi, Serji Buskets va Jerar Pike kabi jamoaning etakchi futbolchilari bilan ham doimiy aloqada.

"Barselona" rahbariyati Anrining AQSh klubidagi faoliyatini jiddiy kuzatib bormoqda. Agar ular Valverde bilan shartnomani uzaytirishni istashmasa, jamoa boshqaruviga aynan Anrini taklif qilishadi.

Ma’lumot uchun, Terri Anri 2007-2010 yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan va 80 ta o‘yinda maydonga tushib 35 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!