"Anji" sobiq posboni: "Samyuel Eto'o doim hayrli ishlar qilar edi"

  • 20 sentabr, 2024, 18:09
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evgeniy Pomazan Samuel Eto'Oning xayrli ishlari haqida gapirdi.

"Men kelganimda Roberto Karlos Gus Xiddinkka ko‘proq yordam berar edi. Chunki murabbiy yordamchisi edi. Bir marta u bilan penaltilar seriyasiga pul tikib qo‘ygandik. Kubokda "Ural" bilan 0:0 o‘ynadik. Penaltilar seriyasi bor edi. Karlos oldimga keldi va "Agar meni mag‘lub etsang, senga million rubl beraman", -dedi. Ikkita zarbani golga aylantirdim. Lekin u hech narsa bermadi (kuladi).

Samyuel Eto'O ham bahslashishni yaxshi ko‘rardi. Nafaqat men bilan, balki barcha darvozabonlar bilan. Agar uchtadan kamida bitta penaltini golga aylantirsangiz, u Rolex berdi. Men zarba bera olmadim. Ammo Aleksandr Makarov buni uddaladi. Eto'O esa unga oltin Rolex olib keldi.

Samuel barcha o‘yinchilarga soat sovg‘a qilgan. Bu qachon sodir bo‘lgani esimda yo‘q. Jamoadan ketgandami yoki chempionatda uchinchi o‘rinni olganimizdami bilmadim. Bizda tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanadigan bir odam bor edi. Samu(Eto'O nazarda tutilmoqda) unga Maxachqal’adan yangi kvartira sotib olib berdi.

– “Anji” bilan yana qanday voqealarni eslaysiz?
- G‘alabali o‘yinlardan so‘ng biz Maxachqal’adan Moskvaga uchib ketdik va bir-ikki shisha pivo ichmoqchi edik. Operatorlar buni suratga olayotganlardia Hiddink ularga: "Nima suratga olyapsizlar?! Men hozir kameralaringizni buzaman dedi. Shundan so‘ng barcha jim bo‘lib qolgandi",
 - deb xotirladi hozirda sobiq darvozabon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!