
Angliyada nihoyat muxlislar stadionlarga qaytishi mumkin
Angliyada karantin qoidalari asta-sekin yumshatilishi sababli, 2 dekabrdan boshlab stadionlarga tomoshabinlar kiritilishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar qilmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, zararlanish qayd etilmayotgan yashil hududlarda ochiq havoda joylashgan sport inshootlariga 4 mingdan ko‘p bo‘lmagan ishqiboz kirishiga ruxsat beriladi. Sariq hududlarda 2 minggacha bo‘lgan tomoshabin o‘yinlarni bevosita stadiondan turib tomosha qilishi mumkin. Qizil hududlarda esa, uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tishda davom etadi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson tez orada ushbu qoidalarni rasman ma’lum qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Angliyada so‘nggi bor mart oyida tomoshabinlar futbol o‘yiniga kiritilgan edi. Keyin koronavirus tufayli o‘yinlarga ishqibozlarning tashrifi cheklandi.
Fikrlar