
Angliyada eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa qaysi?
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Arsenal” safar uchrashuvida “Bornmut” darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi.
Bu “to‘pchilar”ning Angliya Premer-ligasidagi 650-g‘alabasi sifatida qayd etildi. Squawka nashrining yozishicha, bu ko‘rchatkich bo‘yicha “Arsenal” ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Angliya Premer-ligasida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa “Manchester Yunayted”dir. Manchesterliklar hisobida jami 729 ta g‘alaba bor.
“Arsenal” faoliyati davomida 13 karra Angliya chempioni, 10 karra vitse-chempion bo‘lgan. Shuningdek, jamoa hisobida 14 ta Angliya kubogi va 17 ta Superkubokdagi g‘alaba ham bor.
Fikrlar