Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi: "37 yoshli futbolchini maydondan olganda, e’tirozlar bo‘lmasligi kerak"
Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni jamoaga qaytarib, katta xatoga yo‘l qo‘yganligini aytdi.
"O‘tgan mavsum "qizil iblislar" 121ta gol urgandi. 14 yil ichidagi eng yaxshi natija. Bularning bari hozirgidan ko‘ra ko‘proq balansning evaziga edi.
Ronaldu salbiy natijalardan keyin doim shovqin ko‘taradi. Bu uning kelajagi bilan bog‘liq. Agar jamoa g‘alaba qozonib, uning o‘zi gol ura olmasa ham bu takrorlanadi. Misol uchun, "Vest Xem" bilan o‘yindagi vaziyat singari. Murabbiy 37 yoshli futbolchini maydondan olganda, e’tirozlar bo‘lmasligi kerak.
Hech bir futbolchi klubdan ustun emas. Buni Aleks Fergyusondan so‘rang. U 2006 yil eng yaxshi to‘purarlardan biri Rud van Nistelroyni sotib yubordi. Chunki u yoshlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotganini tushungandi", - deydi Karrager.

Fikrlar