
Angliya kubogida ketma-ket 3 mavsumdan buyon shu voqea sodir bo‘lmoqda
“Liverpul” kecha Angliya kubogining 1/16 finali doirasida “Brayton”ga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa mersisaydliklar musobaqa bilan xayrlashdi.
Aytish kerakki, Yurgen Klopp jamoasi ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Qizig‘i, Angliya kubogining amaldagi g‘olibi ketma-ket uchinchi mavsum 1/16 finalda musobaqadan chiqib ketmoqda.
2020/2021 yilgi mavsumda "Arsenal", 2021/2022 yilgi mavsumda esa "Lester" Angliya kubogini xuddi shu bosqichda tark etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Angliya kubogi finalida "Liverpul" "Chelsi"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan holda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar