Andrey Kanchelskis: Rus futbolchilari haqida hamma unutadi, Shomurodov singari insonlar esda qoladi

  • 7 avgust, 2021, 14:35
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Eldor Shomurodovning "Roma"ga transferi haqida fikr bildirdi.

"Bu juda yaxshi, u munosib futbolchi. Eldor ketishdan qo‘rqmadi, "Jenoa" misolida tramplindan o‘tdi va top klubga qo‘shildi. Endi u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Joze Mourino qo‘l ostida shug‘ullanadi.

Bizning futbolchilar esa oltin botqoqda o‘tiribdi va ularga hech narsa kerakmas. Shomurodovga esa ofarin. Biznikilarda hammasi yaxshi: ajoyib sharoitlar, "yog‘li" shartnomalar. Bu uchun ularni ayblash noto‘g‘ri. Faqat ular haqida barcha unutadi, Shomurodov singari insonlar esda qoladi", - dedi Andrey Kanchelskis.

Qolaversa, Kanchelskis Valeriy Karpin Eldorning "Roma"ga o‘tishiga katta hissa qo‘shganini ta’kidlab o‘tdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!