Andrey Kanchelskis PFLdan norozi, tashkilot barchaga birdek munosabatda emasligi, "Paxtakor"ga mumkin, boshqalarga aksi bo‘lgan jihatlar haqida gapirdi

  • 20 avgust, 2020, 07:50
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- To‘g‘risini aytsam, tashkilotchilarni umuman tushunmadim. O‘yinlarni markazlashtirilgan holda o‘tkazish borasidagi videokonferentsiyada barchamiz uchrashuvlarni soat 18:00dan keyin o‘tkazishga kelishib olgandik. Ammo negadir biz soat 17:00da o‘ynadik. Nima uchun kimgadir mumkin-u, kimgadir mumkin emas? Qani ayting-chi, “Paxtakor” soat 17:00da o‘yin o‘tkazyaptimi? Xudo ko‘rsatmasin, futbolchilardan birortasini oftob urganda va o‘zidan ketib qolganda nima bo‘lardi? Futbolchining ota-onasining ko‘ziga qanday qarardingiz? Qozonning “Rubin” klubida Pyotr Bistrov bilan xuddi shunday holat yuz bergandi.

Bugun (kecha nazarda tutilmoqda) soat 17:00da o‘ynadik, nima ustimizdan kulyapsizmi? Kelinglar, unda soat 15:00da o‘ynaylik. Axir, bu futbol emas-ku! Yana maydonning holatini qarang. Bugun Superligada faqatgina bitta o‘yin bor va o‘sha bahsni ham biz eng yomon maydonda o‘ynadik. Nima uchun unda markazlashgan holda o‘ynayapmiz? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Bahslar markazlashgan tarzda o‘tkazilayotgan ekan, unda sharoit yaratib beringlar. Yoki suv yo‘q, yoki boshqa narsa yo‘q. Futbolchilarni ustidan kulish yaxshi emas.

Futbolchilarning sog‘ligi haqida gapiryapmiz, lekin 40 darajadan ortiq issiqda futbol o‘ynatayapsizlar. Bunday futbol kimga kerak? Futbolchi Xudo saqlasin, erga yiqilib tushsa nima qilamiz? Bunday holatga kim javob beradi?

Maydonlarni yaxshilaylik deyapmiz, ammo amalda hech nima qilinmayapti. “Paxtakor” hech qachon soat 17:00da o‘yinlar o‘tkazmayapti. Mazkur klub mutasaddilari futbolchilarining holati haqida qayg‘urishadimi? Men ham shogirdlarim uchun qayg‘uraman.

Futbolchilar maydonda yugurish emas, hattoki, yurishga qiynalishdi. Futbol jozibasi haqida nimadir deyishga hayronman. Bu dahshatli va aqlga sig‘maydigan holat. Biz markazlashtirilgan musobaqa o‘tkazish uchun kelib, qancha pul sarfladik. Yashash, ovqatlanish va boshqalar. Yana hech qanday sharoit yo‘q. Bunday sharoitda qanday futbol o‘ynash mumkin?

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Azizbek Turg‘unboevning inobatga olinmagan goli toza urilgandi. O‘sha gol hisobga olinganida, o‘yin boshqacha kechgan bo‘lardi. O‘yin davomida bizda vaziyatlar bo‘ldi, to‘p darvoza ustuniga tegdi. Raqibda ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Shuning uchun durang natijani haqqoniy bo‘ldi, deb hisoblayman. Yigitlarga shunday issiq havoda o‘ynashgani uchun rahmat aytaman. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyin shogirdlarim taslim bo‘lishmadi va oxirigacha kurashib, hisobni tenglashtirishdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va barchalariga sog‘liq tilayman. Biroq bunday tashkilotchilikni umuman kutmagandim. Bunday maydonda futbolchilarning o‘zaro uyg‘unligi borasida gapirish ortiqcha. Bunday maydonda 1990 yillarda futbol o‘ynaganman. Hozir esa XXI asr! Maydon esa tomorqaning o‘zi, - dedi Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
20/08/2020 09:08
Ман айтганманку одам бумайди була деб. Юз миллион долларни ееееб Пахтакорни обчикишадида
Кахрамонжон Сафаров
20/08/2020 09:32
Пахтакорга хаммаёк мумкин чунки уларни оёклари тиллодан , Арвеладзедек мощеник ,айёр ва тупой Черандек бизни ёш узбек йигитларини уриб синдириб юборсаям курмасликка оладиган Шерзод Косимовдек хамда шунга ухшаган 3-4 крахаборлар учун уйин килиб юрибдида бу ГУЗАПОЯ
Javlon Abdullaev
20/08/2020 09:12
Paxtakor haqida aytgan gapi to'g'ri lekin, qanaqasiga hisobni tenglashtrdila cgiroyli qilib surxonni ozi urdiyu????????????
&
Насаф
20/08/2020 09:07
Х
Azimjon Zokirov
20/08/2020 09:02
Xaq gap
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
20/08/2020 08:59
PFL ni urniga PAHTAKOR chipionati deb atash kerak uzi
Кахрамонжон Сафаров
20/08/2020 09:23
Зур фикр , Муаод Ризкевга алохида жой ажратиб бериш керак Пахтакорни пахтачисига