
Andrey Kanchelskis nima sababdan "Qo‘qon-1912"ga qarshi uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi?
Birozdan so‘ng Coca Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi. E’tiborlisi, mazkur uchrashuv qaydnomasidan namanganliklar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘rin olmadi.
Klub matbuot xizmati dastlab, Kanchelskisning biroz tobi qochganligi bois, bugungi o‘yinni “Navbahor” tajribali mutaxassis No‘’mon Hasanov murabbiyligida o‘tkazishini ma’lum qildi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tib esa, mazkur xabar tahrirlanib, rossiyalik mutaxassisning COVID-19 ga topshirgan PZR testi musbat ko‘rsatkich qayd etgani va ushbu kasallikdan davolanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar