
Andrey Fyodorov: Qizil kartochka rejalarimizni buzib yubordi
"Yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. Bir haftada uchinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. Ikkinchi taymni faol boshlagandik, afsuski chetlatish barcha rejalarimizni buzib yubordi. Mana shunday o‘yinlar ko‘proq bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.
“Buxoro”ga qarshi o‘yinda ham ba’zi bir o‘yinchilarimizning sog‘lig‘ida muammolari bor edi. Shuning uchun ham bugun hujumda sustroq o‘ynadik", - deb Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Fikrlar