Andrey Fyodorov: "Al Ittihod"ning 13-o‘rinda ekanligi hech narsani anglatmaydi

  • 9 aprel, 2019, 02:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Temiryo‘lchilar” Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al Ittihod” mehmoni bo‘lishadi. O‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etgan “Loko” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov raqib kuchiga yuqori baho berdi.

Tecno

“Hammaga salom. Ushbu shaharda bo‘lib turganimizdan juda mamnunmiz. Ertaga bizni chiroyli o‘yin kutmoqda deb o‘ylayman. Garchi uchrashuv muxlislarsiz o‘tsa-da, televizorda ko‘radigan tomoshabinlar zerikib qolishmaydi deb o‘ylayman. Osiyo chempionlavr ligasi nufuzli turnir, shu bois bunda ishtirok etayotgan har bir jamoa navbatdagi o‘yinini yutishni xohlaydi. Shu jumladan biz ham”, – deya fikr bildirdi Andrey Vitalevich. 

“Al Ittihod”ning ichki chempionatda ishlari yurishmayapti. Bu “Lokomotiv” foydasiga xizmat qiladimi? “Raqib haqida etarlicha ma’lumotga egamiz. Saudiya Arabistoni chempionati Osiyoda eng etakchilardan biri hisoblanadi. Bu erda chempionat saviyasi juda yuqori. To‘g‘ri, hozirda “Al Ittihod” o‘ziga yarashmagan o‘rinda boryapti (13-o‘rin), lekin bu hech narsani anglatmaydi deb o‘ylayman. Chunki Saudiya chempionati bilan Osiyo chempionlar ligasi butunlay boshqa-boshqa musobaqa va bu ikki musobaqani o‘zaro taqqoslash kerak emas”, - deb  Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Lokomotiv" rasmiy sayti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!