
Andijonda K-1 bo‘yicha jang kechasi tashkil etiladi yoxud "Kenjayev_Professional_Legaue 2" turnirining sanasi ma’lum bo‘ldi
Yurtimizda K-1 yo‘nalishi bo‘yicha turnirlar tashkil etiuvchi o‘ziga xos promoushen Kenjayev_Professional_Legaue tashkil etilganligi va o‘zining ilk jang kechasini tashkil etganligi borasida xabar berib o‘tgandik.
Albatta, dastlabki turnir ham ajoyib tarzda tashkil etildi va bir-biridan qiziqarli va shiddatli janglarning guvohiga aylangan edik. Mazkur liganing navbatdagi turniri 29 may kuni o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Hozirga kelib, fayt-karddan o‘rin olgan qarama-qarshiliklarning ikkitasi aniq bo‘lib ulgurgan. Unda 63.5 kg vazn toifasida hamyurtimiz Azizbek Muxtorov Qirg‘iziston vakili Islomiddin Sharapovga qarshi ringga ko‘tarilsa, -71 kg vaznda ikki yurtdoshimiz Bahodir Shoabduqodirov Abduqodir Davlatov bilan to‘qnash keladi.
Tez orada to‘liq juftliklar ma’lum bo‘ladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar