"Andijon" "Neftchi"ga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi

  • 1 may, 2023, 00:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” hamda “Andijon” jamoalari Superliganing navbatdagi turiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida o‘zaro nazorat uchrashuvini o‘tkazdilar. 4 ta gol urilgan uchrashuvda mezbonlarning qo‘li baland keldi – 3:1.

Tecno

Avvaliga Diyor Turopov o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Bo‘lim oxirlarida qanotdan uzatilgan to‘pni himoyachi Ilhom Alijonov boshi bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi – 1:1. Tanaffusdan so‘ng “Neftchi” futbolchilari yana ikki marta gol urdilar.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” Superliganing 9-turida Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

“Neftchi” – “Andijon” – 3:1 (1:1)

30 aprel. Farg‘ona, “Neftchi SK” stadioni.

Hakamlar: Doston Mirzarimov,  Shoxrux A’zamov, Azizbek Isakov

“Neftchi”: Akbar To‘raev, Zoir Jo‘raboev,  Muxsin Ubaydullaev,  Anvar G‘ofurov,  Umar Adxamzoda,  Mirzoxid G‘ofurov,  Lutfulla To‘raev,  G‘ulomxaydar G‘ulomov,  Diyor Turopov,  Nurillo To‘xtasinov,  Ulug‘bek Hoshimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Aleksey Larin,  Andrey Mishenko,  Nodirxon Ne’matxonov,  Abbos G‘ulomov, Abdulloh Olimov, Fozil Musaev, Yuriy Batyushin,  Izzatilla Abdullaev,  Sunnatilla Abdullajonov,  Murodbek Bobojonov.

“Andijon”: Igor Litovka, Dilshod Komilov, Islom Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Ilhom Alijonov, Muhammadkarim Toirov, Levan Arveladze, Nodari Kavtaradze, Suhrob Berdiev, Sardor Abdunabiev, Rubin Xebay.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Mohir Komilov, Farhod Sohibjonov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Sardor Azimov, Asilbek Aysarov, Ilhom Abdug‘aniev, Bobur Farhodov, Hojimurod Asqarov, Abdulatif Oybekov, Izzat Abdurasulov.

Gollar: Diyor Turopov, 31 - 1:0. Ilhom Alijonov, 43 - 1:1. Izzatilla Abdullaev, 57 – 2:1. Abbos G‘ulomov, 80 - 3:1.

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov, 33. Lutfulla To‘raev, 45. Abdulatif Oybekov, 70.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!