
"Andijon" hujumchisi Kubok finalidan so‘ng Tailandga yo‘l oladi
Xabaringiz bo‘lsa kerak, FIFA kunlari munosabati bilan milliy birinchiliklar to‘xtatildi. Shu jumladan, bizning chempionatda ham. “Andijon” jamoasi esa O‘zbekiston Kubogi finali uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. Qolgan barcha klublar esa bir necha kunlik tanaffusga chiqishgan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, FIFA kunlari munosabati bilan “Andijon”ning tojikistonlik legioneri Shaxrom Samievga yana o‘z milliy terma jamoasidan taklif keldi.
Gap shunaki, Tailandning Songkla shahrida “Qirol kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi va Tojikiston milliy termasi ham unga taklif etilgan. Shaxrom 6-16 oktyabr kunlari uchun mazkur turnirga chaqirildi. Unda 4 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Shu munosabat bilan Kubok finalidan so‘ng Samiev Tailandga yo‘l oladi.
Fikrlar