"Andijon" himoyachisidan yubiley o‘yin

  • 14 noyabr, 2024, 20:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon"ning "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan hamda bahsni to‘liq o‘tkazgan iqtidorli himoyachi Abdulvohid G‘ulomov faoliyatidagi yubiley o‘yinini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tecno

O‘tgan safar "Andijon" jamoasining boshqa bir futbolchisi Ilhom Alijonov faoliyatidagi 100-o‘yinini o‘tkazgani haqida ma’lumot bergandik. 

Gap shundaki, 25 yoshli G‘ulomov ham "Andijon" safida o‘zining 100-o‘yinida maydonga tushdi. 

"Burgutlar" safida 2021 yilda debyutini o‘tkazgan Abdulvohid jamoa bilan shu davr mobaynida pro liga va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. 

E’tiborlisi, u barcha 100 ta o‘yinni "Andijon" libosida o‘tkazishga erishdi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!