
"Andijon" futbolchisi terma jamoaga chaqirildi
Ma’lumki, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz Osiyo chempionati saralash bahslariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni mo‘ljallagan.
Rejaga ko‘ra, terma jamoa 30 maydan 15 iyunga qadar Toshkent, Baku va Minsk shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.
Shu munosabat bilan "Andijon" klubining iqtidorli qanot yarim himoyachisi Sherzod Esonov O‘zbekiston U-20 ning navbatdagi yig‘iniga chaqiruv oldi. Futbolchimizga terma jamoada ham murabbiylar ishonchini qozonib, o‘z o‘rniga ega bo‘lishining tilakdoshimiz, - deyiladi, “Andijon” matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar