
"Andijon" futbolchilari vodiy derbisidan so‘ng kiyinish xonasini tozalab ketishdi (FOTO)
Xabaringiz bor bugun Coca-Cola Superligasining 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” hamda “Andijon” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. Vodiy derbisida kuchlar teng keldi – 1:1.
E’tiborlisi, uchrashuvdan so‘ng “Andijon” jamoasi a’zolari o‘zlari uchun ajratilgan kiyinish xonasini tozalab, pokiza holatda topshirib ketishdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tur "Navbahor" muxlislari "Metallurg"ga qarshi o‘yindan so‘ng stadionni tozalab ketishgan edi.





Fikrlar