
Anchelottining o‘rnini "Liverpul" afsonasi egallashi mumkin
Karlo Anchelotti "Real"ga ketgach, "Everton" rahbariyati uning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga qaraganda, bu borada “irischilar”ning short-listida 6 nafar mutaxassis nomzodi bor. Ular orasida "Liverpul" klubi sobiq sardori Stiven Jerrard ham bor. U hozirda Shotlandiyaning "Reynjers" klubida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Jerrarddan tashqari Rafael Benites, Devid Moyes, Paulu Fonseka, Erik ten Xag va Roberto Martines kabi mutaxassislar nomzodi ham bor.
"Everton" o‘tgan mavsum premer-ligada 10-o‘rinni egalladi va evrokuboklar yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Fikrlar