Anchelotti Vinisiusning kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 24 yanvar, 17:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisiusning Saudiyaga yo‘l olishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"To‘g‘risi, men bilgan ma’lumotlar ko‘ra, Vinisius bu erda juda baxtli ekan. Braziliyalik hujumchi "qirollik klubi"da tarix yaratmoqchi. Shu sababli, nazarimda Junior biz bilan qolib, chempion bo‘lishimizga o‘z hissasini qo‘shadi" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli vinger "qaymoqranglilar" safida 291 ta uchrashuvda ishtirok etib, 101 ta gol va 84 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 200 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!