Anchelotti "Real"ga Italiya terma jamoasidan futbolchi olib kelmoqchi

  • 8 iyun, 2021, 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sassuolo" klubi yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Real"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 23 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosini “qirollik klubi”ga qaytgan Karlo Anchelotti tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Italiyalik mutaxassis o‘zining bu boradagi taklifini klub rahbariyatiga ma’lum qilgan.

Ayni damda Lokatellining transfer narxi 35 million evroni tashkil etadi. Unga "Yuventus" va "Shaxtyor" klublaridan ham qiziqishlar bor.

Manuel Lokatelli yakunlangan mavsum A Seriyada jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!