Anchelotti “Real”dan haydaladigan kuni yaqinligini biladi

  • 7 mart, 2023, 19:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni o‘tgan mavsumda Ispaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan Karlo Anchelottining klub rahbariyati bilan munosabati yanada yomonlashdi.

Tecno

Jamoa ichki chempionatda “Barselona” bilan raqobatlasha olmayapti va katta ehtimol bilan chempionlikni kataloniyaliklarga topshiradi.

Klub prezidenti Florentino Peres italiyalik mutaxassisni suhbatga chaqirgan edi. The Athletic nashrining ta’kidlashicha, agar jamoa bu mavsum birorta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritmasa, Anchelotti iste’foga chiqariladigan bo‘ldi.

Karlo Anchelotti esa, joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarni klub rahbariyati yozda unga kerakli transferlarni amalga oshirish imkonini bermagani bilan izohlagan. Uchrashuvdan keyin ziddiyat yanada kuchaygani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Karlo Anchelotti bu kelishmovchiliklar ortidan tez orada lavozimidan ozod etilishini his qilib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!