
Anchelotti kolumbiyaliklarni yig‘ishda davom etadi
"Atletiko" yarim himoyachisi Santyago Aryas faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikol Skiraning ma’lum qilishicha, Aryas "Everton"dagi uchinchi kolumbiyalik futbolchiga aylanadi (himoyachi Yerri Mina va yarim himoyachi Xames Rodrigesdan keyin).
Ingliz klubi madridliklar bilan transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Avvalroq, Aryas koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergani va karantinga olingani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar