
Anchelotti kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin klubdagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
The Athletic nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis Madridni tark etib, Braziliya terma jamoasini boshqarishni ma’qul topgan.
65 yoshli mutaxassis “Real” rahbariyatiga o‘z rejasini aytdi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Anchelotti 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Ayni paytda hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha tomonlar muzokara olib boryapti.
Fikrlar