Anchelotti: "Ba’zi futbolchilar salomlashishga ham erinishadi"

  • 8 mart, 15:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchilar bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Tecno

Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi futbolchilar bilan muammolar bo‘lgan, ammo oxir-oqibat barchasi hal qilingan.

"Ba’zi futbolchilar ertalab salomlashishga ham erinishadi, ayniqsa, agar men ularni zaxirada qoldirgan bo‘lsam. Ular futbolchi va inson tushunchalarini aralashtirib yuborishadi. Lekin mening ishim qaror qabul qilishdan iborat. Buni tushunganlar menga salom berishadi.

Bir futbolchi bor edi, ismini aytmayman, u kiyinish xonasida yuzini sochiq bilan berkitib olardi, faqat meni eshitmaslik uchun. Bir kuni unga: "Bu shunday davom eta olmaydi", dedim", – deya Anchelottining so‘zlarini keltirdi Giakomo Poretti podkasti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!