Anchelotti alamli mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 13 yanvar, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi uchun kechgan bahsda “Peal” futbolchilari ashaddiy raqib “Barselona”dan 2:5 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

O‘yindan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti alamli mag‘lubiyat sabablarini keltirib o‘tdi.

- “Real” umuman o‘ynamadi, uchrashuvga tuzilgan rejalarni maydonda amalga oshirishning hech qanday imkoni bo‘lmadi. Biz juda yomon himoyalandik va bu bahsda eng katta muammoga aylandi.

Raqib gollarni juda ham oson urdi, biz yuqori pressingda va chuqur himoyada yaxshi o‘ynay olmadik.

Tanaffusda men shogirdlarimga futbol o‘ynash kerakligini aytdim, chunki birinchi bo‘limdagi harakatlar futbol emasdi. Biz uzoq masofalarga to‘pni tepib yuborish bilan mashg‘ul bo‘ldik, bu rejamizda yo‘q edi.

G‘oyamiz o‘z futbolimizni namoyish qilish edi, buni esa, uddalay olmadik. Yigitlarga yutqazish mumkinligini aytdim, lekin bu tarzda emas, - dedi Karlo Anchelotti.  

“Barselona” Ispaniya Superkubogini eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa hisoblanadi. Kataloniyaliklar bu sovrinni 15 bor qo‘lga kiritgan. “Real” esa, mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Superkuboklar soni bo‘yicha “Barselona”ga tenglashib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!