
Anchelotti 2010 yildan beri finallarda yutqazmayapti, Xavi bu natijani buzmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya Superkubogi hal qiluvchi uchrashuvi oldidan Karlo Anchelottining finallardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi haqida fikr bildirdi.
"Statistikani o‘zgartirishimiz lozim. Bu bosqichga etib kelganimizdan xursandman. Qaerda ekanimizni anglashimiz kerak. Biz "Real"ga qarshi maydonga tushamiz, bu yaxshi motivatsiya.
Anchelottining 2010 yildan beri birorta finalda mag‘lub bo‘lmagani esa meni yanada ilhomlantirmoqda",-dedi Xavi.
Ma’lumot uchun, italiyalik mutaxassis 13 yilda 10 ta final uchrashuvini o‘z foydasiga hal etgan. Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar