
Anatoliy Demyanenko Ro‘ziqul Berdievning muvaffaqiyatlari haqida nima dedi?
Ro‘ziqul Berdievning “Nasaf” klubida erishayotgan natijalari hamda muvaffaqiyatlari hech kimni bee’tibor qoldirmayapti.
O‘z vaqtida “Nasaf”ni boshqarish orqali OFK Kubogini qo‘lga kiritgan mutaxassis – Anatoliy Demyanenko Berdiev haqida shunday dedi:
- Uning O‘zbekistonda to‘rt bor eng yaxshi murabbiy deb e’tirof qilingani juda yoqimli. Uning o‘z vaqtida “Nasaf”da men bilan biroz vaqt bo‘lsa-da, birga ishlagani uchun erishgan yutuqlaridan ikki hissa quvonaman, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tez orada sports.uz muxbirining Demyanenko bilan uyushtirgan suhbatini saytimizda o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar