
Anastasiya Pavlyuchenkova muhim o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Mayami shahrida o‘tayotgan "Premera" turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi davrasida rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova mag‘lubiyatga uchradi.
Anastasiya ushbu davrada slovakiyalik Viktoriya Kuzmovaga qarshi kortga chiqib, yakunda 7:6, 4:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Miami Open" turnirining uchinchi davrasida Kuzmova gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi
Fikrlar