
Ana xolos! "Real" sobiq futbolchisi parlament deputati bo‘lishi mumkin
Germaniya terma jamoasi, Madridning “Real” klubi va Londonning “Arsenal” klubi sobiq yarim himoyachisi Mesut O‘zil o‘ziga boshqa ish topdi.
"Turkiyenewspaper" nashrining xabar berishicha, sobiq futbolchi Turkiya parlamenti deputatligiga nomzod bo‘lishga qaror qilgan. Mesut prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi partiyaga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zilning oxirgi ish joyi Turkiyaning Istanbul "Boshakshehir" bo‘lgan. Germaniya terma jamoasi bilan birgalikda yarim himoyachi 2014 yilda jahon chempioni bo‘lgan. Mesut terma jamoa safida 92 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan.
Fikrlar