
Ana xolos! PSJ - "Istanbul" bellashuvida kelishmovchilik yuzaga keldi va bahs to‘xtatildi (Video)
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan PSJ va "Istanbul" jamoalari qarama-qarshiligining birinchi bo‘limida bahs to‘xtatildi.
Ta’kidlanishicha, Kamerun terma jamoasining sobiq hujumchisi Per Vebo irqchilikka duch kelgan va to‘rtinchi hakamga zarba bergan. Shundan so‘ng, Vebo maydondan chetlashtirildi, bu esa istanbulliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Turkiya klubi futbolchilari g‘azablanib, kiyinish xonasiga kirib ketdi, ayniqsa Demba Ba qattiq asabiylashgandi. Ularning ortidan PSJ a’zolari ham maydondan chiqdi.
Uchrashuvni ruminiyalik hakamlar brigadasi boshqarayotgandi - bosh hakam Ovidiu Xatsegan, uning yordamchilari Oktavian Shovre va Sebastyan George hamda zaxira arbitri Sebastyan Kolchesku.
Fikrlar