
Ana xolos! Pogba Frantsiya terma jamoasida boshqa o‘ynamaydi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Frantsiya terma jamoasidan ketishga qaror qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Mashhur futbolchi mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning so‘nggi bayonotida aytgan gaplaridan keyin shu qarorga kelgan. Gap shundaki, Frantsiya prezidenti o‘qituvchi Semyuel Patining Parij chekkasida vahshiylarcha o‘ldirilishini izohlagan paytida, islom xalqaro terrorizmning manbaiga aylandi, deb aytgan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu so‘zlar musulmon bo‘lgan Pogbani qattiq ranjitgan va shundan so‘ng, u Frantsiya terma jamoasida boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgan.
Pol Pogba 2013 yildan buyon Frantsiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida 69 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.
Fikrlar