Ana xolos! Peres Beylni "Barselona"ga ham sotishga rozi

  • 16 may, 2019, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa vingeri Garet Beyldan imkon qadar tezroq qutulmoqchi.

Tecno

Ispani nashrlarining yozishicha “qirollik klubi” rahbariyati yaqinda 29 yoshli uelslik futblolchining agenti Jonatan Barnett bilan uchrashgan. Suhbat davomida madridliklar Beylni istalgan jamoaga, xatto "Barselona"ga ham sotib yuborishga tayyor ekanligini bildirishgan.

“Real” ushbu transferdan kamida 80 million evro ishlab olishni ko‘zlamoqda. Beylga esa "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Beyl “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 231ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 102ta gol hamda 64 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!