
Ana xolos! O‘runov to‘p suradigan stadion noma’lum muddatga yopildi
Moskvadagi "Otkritie Arena"da koronavirus tufayli xavfsizlik talablari bilan bog‘liq bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi va u ma’lum muddatga yopilgan. Bu haqda RBK xabar qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, stadionni yopish to‘g‘risida sudga ariza Rospotrebnadzor tomonidan taqdim etiladi. U esa "Otkritie Arena"ning ishini 30 kundan 90 kungacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak, dedi shahar hokimiyatiga yaqin manba.
"Otkritie Arena" hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p suradigan “Spartak”ning uy stadioni hisoblanadi.
Fikrlar