Ana xolos: Muhammad Saloh “Liverpul”dan ketadi

  • 2 mart, 2024, 12:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasining sobiq futbolchisi Mido “Liverpul”dagi hamyurti Muhammad Salohning rejasini oshkor qildi.

Tecno

- Muhammad Saloh keyingi mavsumdan Saudiya Arabistonida o‘ynaydi. Shartnomalar imzolab bo‘lingan, - dedi Mido.

Muhammad Saloh “Liverpul”da 2017 yildan beri to‘p tepmoqda. Afrikalik forvard Yurgen Klopp qo‘l ostida jamoaning eng zo‘r to‘purariga aylandi.

31 yoshli hujumkor futbolchi Misrning “Al-Mokavlun” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropadagi faoliyatini Shveytsariyaning “Bazel” klubidan boshlagan. Keyinchalik “Chelsi”, “Qiorentina”, “Roma” jamoalarida o‘ynadi.

Uning liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan. Biroq keyingi paytda Saudiya Arabistoni klublari mohir to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun katta xarajatlarga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!