
Ana xolos! "Manchester Yunayted"ning uch asosiy futbolchisi jarohat oldi
"Manchester Yunayted" asosiy tarkibning uch futbolchisi FIFA kunlarida jarohat olib klub ixtiyoriga qaytdi.
Garnacho noqulaylik tufayli Argentina terma jamoasining navbatdagi uchrashuvlarida ishtirok etmaydi. Mazraui va Kobbi Maynu esa Marokash va Angliya terma jamoasi safida sog‘lig‘idagi muammolar sababli klub ixtiyoriga qaytishdi. Ularning qachon safga qaytishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Ten Hag boshchiligidagi "qizil iblislar" FIFA kunlaridan so‘ng 19 oktabr kuni "Brentford" bilan, 25 oktabr esa Evropa ligasida "Fenerbaxche" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar