Ana xolos! "Manchester Yunayted" Beylni sotib olish fikridan qaytdi

  • 13 iyun, 2019, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yuanyted" klubi "Real" vingeri Garet Beyl bilan ortiq qiziqmaydi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” rahbariyati 29 yoshli uelslik futbolchini sotib olish fikridan qaytishgan. Boisi, ular mavsumlar oralig‘ida asosan yosh futbolchilarni tarkibga jalb etishni rejalashtirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Beyl ortda qolgan mavsum “Real” safida 42ta o‘yinda ishtirok etdi va 14ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Beylni mavsumlar oralig‘ida sotib yubormoqchi. Uning transferi esa 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!