Ana xolos! Futbolchilar pul sabab qit’a chempionatida o‘ynashdan bosh tortishmoqda

  • 11 yanvar, 2024, 19:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Gambiya terma jamoasi futbolchilari Afrika Millatlar Kubogi boshlanishidan bir necha kun oldin terma jamoa mashg‘ulotlarini boykot qildi. Gambiyaliklar mamlakat futbol federatsiyasiga ultimatum qo‘yishdi. Qo‘yilgan shartga ko‘ra, futbolchilar Afrika kubogining final bosqichiga yo‘llanma olgani uchun beriladigan bonuslar to‘lanmaguncha mashg‘ulotlarga qatnashmaydi, deb xabar bermoqda L’Equipe.

Tecno

Shu tariqa, Gambiya terma jamoasi futbolchilari federatsiyadan butun jamoa uchun taxminan 500 ming dollar talab qilishmoqda. Gambiya futboli mutasaddilari futbolchilarning shartlarini qabul qilishdan boshqa chorasi qolmagan. Biroq mamlakat sport vaziri o‘yinchilarni boykot qilgani haqida omma oldida gapirdi va federatsiya yig‘inda qatnashgani uchun ularning har biriga 5 ming evro to‘laganini ta’kidladi. Shuningdek, u bu holat "Afrika futboliga xos" ekanligini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
11/01/2024 19:44
Шопир хаммаси яхши бўладими , охиригача етиб борадими