
Ana xolos! Frantsiya terma jamoasi futbolchilari Mbappening sardorligini qabul qilmadi
Kilian Mbappeni Frantsiya terma jamoasi sardori qilish qarorini jamoaning hamma o‘yinchilari ham qabul qilmagan.
"Le Parisien" nashrining xabar berishicha, terma jamoaning tajribali o‘yinchilari Teo Ernandes va Olive Jiru, shuningdek, kechagi Irlandiyaga qarshi o‘yinda yagona gol muallifi Benjamin Pavar ham sardorlik bog‘ichini Antuan Grizmann taqishi kerak, deb hisoblamoqda.
Ammo Mbappe nomzodini yangi avlod vakillari Kamavinga va Markus Tyuram kabilar ilgari surmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan keyin "uch ranglilar" sardori Ugo Loris terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar