
Ana xolos! FIFA JCh-2022 paytida jamoalarning kiyinish xonalariga kamera o‘rnatmoqchi
FIFA joriy yil Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida terma jamoalarning kiyinish xonalarida bo‘layotgan voqealarni translyatsiya qilishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Nashrning yozishicha, tashkilot 2022 yilgi jahon chempionatida terma jamoalarning kiyinish xonalariga kameralar o‘rnatmoqchi. Olingan tasvirlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biroz kechikish bilan uzatiladi.
Qizig‘i shundaki, kiyinish xonalaridan translyatsiya qilish bo‘yicha futbol birinchi sport turi bo‘lmaydi. Bu ish allaqachon regbida amalga oshirib kelinmoqda.
Fikrlar