
Ana xolos: Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni topshirib, boshqa superklubda ish boshlaydi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag keyingi yili jamoadagi ishini topshirishi mumkin.
Jurnalist Yan Oge Fortoftning yozishicha, niderlandiyalik mutaxassis “Borussiya Dortmund”ni boshqarishni taklif qilishmoqda.
- Germaniyadan kutilmagan yangilik. Erik ten Xag “Borussiya”ni boshqaradigan bo‘lyapti. Esingizda bo‘lsa, dortmundliklar maslahatchisi Zammer bu mutaxassisni ilgari “Bavariya”ga yonlagan edi. Endi 2024 yili uni Dortmundga olib kelmoqchi. Nima bo‘lishini kuzatamiz, - deb yozdi Fortoft.
Ayni paytda “Borussiya”ni Edin Terzich boshqarmoqda. Uning klub bilan kelishuvi 2025 yilning iyunigacha tuzilgan.
Fikrlar