Ana xolos: “Bavariya” tinimsiz gol urayotgan Harri Keyn o‘rniga boshqa hujumchi topib qo‘ydi

  • 13 dekabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” har qanday grand klub singari tarkibini muntazam kuchaytirib borish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Ikki mavsumdan beri myunxenliklarni Harri Keyn o‘z gollari bilan xursand qilib kelmoqda. Angliyaning futbolchining yoshi 30 dan oshganini inobatga olgan klub mutasaddilari uning o‘rniga yosh hujumchi topib qo‘yishni ma’qul ko‘rdi.

“Bavariya” yozda erkin agentga aylanadigan Jonatan Devidni olib kelmoqchi. “Lill” to‘purari o‘ziga grand klublar nazar solganini yaxshi biladi va shu bois, Frantsiya klubi bilan hamkorlikni uzaytirmadi.

Endi yanvarda har qanday klub Devid bilan muzokara o‘tkazishi va dastlabki kelishuvni imzolashi mumkin.

Jonatanning o‘zi “Barselona” variantini ma’qul ko‘ryapti. Lekin kataloniyaliklarning moliyaviy imkoniyati bu transferga to‘siq bo‘lishi ehtimoli katta.

Devid “Lill” safida jami 206 ta uchrashuvda qatnashib, 101  ta gol va 16 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!