Ana xolos! "Atletiko" tarixidagi eng qimmat futbolchi yana sobiq jamoasiga qaytmoqchi

  • 6 yanvar, 2020, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid hujumchisi Joau Felish o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Benfika"ga qaytmoqchiligini aytib o‘tdi.

Tecno

“Benfika”da naqadar baxtli bo‘lganimni endi tushunyapman. Men qachondir u erga qaytishimga va jamoaga foyda keltirishimga umid qilaman”, - deydi 20 yoshli portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” Felishni o‘tgan yozgi transferlar davrida “Benfika”dan 126 mln evro evaziga sotib olgan va bu “matraschilar” tarixidagi eng qimmat transferga aylangan edi.

Ma’lumot uchun, Felish joriy mavsum “Atletiko” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!