
Ana xolos! APL yana bir mamlakat chempionati bilan birlashtirilishi mumkin
Buyuk Britaniya futbol bo‘yicha individual musobaqalarni isloh qilish istiqbollarini o‘rganmoqda.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, variantlardan biri Angliya va Shotlandiya chempionatlarini yagona Britaniya ligasiga birlashtirishdir. Shuningdek, yuqori diviziondagi jamoalarni 20 tadan 18 tagacha qisqartirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Shotlandiyaning ikki grandi - "Seltik" va "Reynjers" allaqachon ushbu loyihaga qiziqish bildira boshlagan.
Bundan avvalroq, qit’aning grand klublarini o‘zida birlashtirgan Evropa Superligasi tashkil etilgan edi. Ammo ko‘p o‘tmay aksariyat jamoalar ushbu musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi.
Fikrlar