
“An-Nasr” turnirni tark etdi, aybdor – Ronaldu!
Saudiya Arabistoni kubogining nimchorak finalida “An-Nasr” futbolchilari o‘z maydonida “At-Taavun” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlarni keyingi bosqichga olib chiqqan yagona golgan “At-Taavun” himoyachisi Flavio mualliflik qildi.
“An-Nasr”ning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarishi mumkin edi. Biroq 39 yoshli hujumchi o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning oltinchi daqiqasida penaltini aniq bajara olmadi.
Krishtianu Ronalduning xatosidan so‘ng, “An-Nasr” turnirdagi yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Portugaliyalik yulduz joriy mavsumda riyodliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘qqizta gol va uchta assist qayd etgan.
Fikrlar